Qarzingni qaytar!

Tanishlarga yoki bilgan, bilmaganlarga qarz berdim, qarzini qaytarmayapti, qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas, endi nima qilaman?

11/28/20252 min read

a stack of coins sitting on top of a reflective surface
a stack of coins sitting on top of a reflective surface

Qarzni qaytarishning huquqiy yechimi

Qarz xursandchilikda yoki zaruratdan boshqa kishiga berilganda, uni qaytarish qarz oluvchining farosatiga hamda kelishuvga tayaniladi.

Ammo qarz oluvchi kelishuvga amal qilmasachi? Balki qarz oldi berdi kelishuvi faqatgina og'zaki bo'lsayu, ushbu qarzni tasdiqlovchi hech qanday hujjat bo'lmasachi? Qarzdor vaqt o'tib qarzidan tonayotgan bo'lsachi?

Qarzni undirish sud orqali amalga oshiriladi, ushbu maqolada sudga qarzni undirish to'girisida da'vo ariza yozish hamda topshirishga qadar dalillar to'plash haqida gaplashamiz.

Odatda qarz olinganligi va qaytarish muddatini bildirilib tilxat yozib beriladi, lekin qarzdor tomonidan tilxat yozib berilmagan holatlari, shuningdek qarz berilganligi bo'yicha ma'lumotlar qarz beruvchining oddiy qaydlar daftarida yozilgan holatlari ham hozirgi kun amaliyotida uchrab turadi.

Qarz mavjudligi tasdiqlovchi hujjatlarni yozma bo'lmasligi sudda da`voni asoslashda yetarlicha muammo tu'gdiradi, masalan qarz summasi, qaytarish muddati, sud vaqtida qarzning qolgan miqdori bo'yicha qarzdor va qarz oluvchi o'rtasida tushuntirishlar bir xil bo'lmasa sudda ushbu dalillarni aniqlash ishini qiyinlashtiradi.

Sudda faqatgina bor mahsulotlar pishiriladi, da`vo ariza kiritishdan oldin barcha mahsulotlarni to'plab oling.

Agarda sizda qarz olinganligi bo'yicha hech qanday hujjat va dalil bo'lmasa yoki faqatgina video audio, shuningdek telegram yoki boshqa messenjerlardagi suhbat bo'lmas ushbu suhbatlarni ilova qilgan holda hududiy huquqni muxofaza qiluvchi organlar (Eng yaxshi variant hududiy IIB organi bo`ladi)ga jinoyat ishi qo'zg'atish to'grisida murojaat qilish kerak.

Ha, hududiy huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan albatta ushbu ariza bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish rad etiladi, lekin rad etishdan oldin taraflar chaqirtiriladi odatda ushbu chaqiruvda olingan tushuntirish xatlarida taraflar qarz borligini aytishib tan olishadi, organ ma`sul xodimiga ushbu ma`lumotlar jinoyat ishini qo'zg`atishni rad etishga asos bo'ladi shuningdek bizga ham shuni o'zi yetarli.

Shuningdek huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qarz borligini tan olib tushuntirish xati yozishi siz uchun eng kerakli dalillardan biri hisoblanadi.

Sudda da`vo arizani tasdiqlovchi dalillarni ko'pligi foyda bo'lsa foydayu lekin u zarar bo'lmaydi, zero toma toma ko'l bo'lur.

Jinoyatni rad qilish to'girisdagi qarorda Oliy sud plenum qaroriga havola berilib fuqarolik sudiga murojjat qilish huquqi tushuntiriladi shuni o'zi bizga yetarli, sudga da`vo ariza berishga tayyorsiz.

Yuqorida keltirigan usul qarzdor siz bilan suhbatlarda qarzini tan olmayotgan bo'lsa shuningdek qarz mavjudligini tasdiqlovchi yozma dalillar bo'lmaganda mavjud boshqa dalillar (telegram suhbat, audio yozuv, video yozuvlar) bilan birga to'liq dalillar to'plamini tashkil qiladi.

#qarz